Farzandingiz 11-haftada 

Asosiy harakatlar egallangan: endi chaqalog‘ing qo‘l va oyoqlarini harakatlantirishi, boshini egishi va hatto burnidan ushlashi mumkin. UZI vaqtida bu faollikni ko‘rishing mumkin, chunki aynan hozir birinchi prenatal skriningni o‘tkazish va bolakay salomatligini baholash uchun eng qulay davr hisoblanadi.

Rivojlanish markazi:
bosh miya, ko‘zlar, buyraklar, nafas olish tizimi.

Zarur vitamin va minerallar:
metafolin, vitamin B6, vitamin B12, sink, mis.

Mundarija:


Bolaning rivojlanishi

Bolaning tanasi tobora proporsional bo‘lib bormoqda, hozircha qo‘llari oyoqlaridan uzunroq. Barmoqlarda o‘ziga xos barmoq izlari shakllana boshlagan. Qovoqlar yopiq, lekin ko‘zning rangli qismi — raduzhna qavati shakllanmoqda.

Yuz qiyofasi aniqroq bo‘lmoqda: kipriklar, qoshlar paydo bo‘lmoqda. Quloq supralari va barcha 20 ta sut tishining kurtaklari shakllangan2,3. Bosh terisida soch follikulalari paydo bo‘lmoqda.

Bosh miyasining asosiy bo‘limlari allaqachon shakllangan. U rivojlanishda davom etadi va tuzilishi murakkablashadi.

Diafragma shakllangan — u nafas olishning asosiy mushagi bo‘lib, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ini ajratib turadi.

Qorin bo‘shlig‘ida ham o‘zgarishlar bor: katta qismini jigar egallab, faol ravishda eritrotsitlar ishlab chiqarmoqda.

Buyraklar siydikni filtrlay boshlagan. Siydik amniotik suyuqlikka tushadi va platsenta orqali chiqariladi. Platsenta deyarli to‘liq shakllanib bo‘lgan, jarayon keyingi haftada yakunlanadi3.



Bolaning xulqi va ko‘nikmalari

Chaqalog‘ing o‘zining harakatlarini takomillashtirmoqda: ag‘dariladi, kichkina mushtlarini tugadi, kindik ichagidan ushlaydi va boshini egadi.



Diagnostika

Bu hafta birinchi trimesterning eng muhim tekshiruvi — prenatal skrining uchun eng yaxshi vaqt4,5. U bolakay salomatligini baholashga qaratilgan: ultratovush tekshiruvi va maxsus qon tahlilidan iborat.

РИС. 1 / УЛЬТРАЗВУКОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ, 11-Я НЕДЕЛЯ БЕРЕМЕННОСТИ / PREGMED.ORG



Vitamin va minerallar

11-haftada bolaning bosh miya tuzilmalarida murakkablashuv davom etadi. Shuning uchun organizming foliy kislotasiga muhtoj6. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga kamida 400 mkg qabul qilishni tavsiya etadi.

Folat bilan birga vitamin B6 va B12 ham muhimdir (kuniga mos ravishda 2,0–2,3 mg va 3,0–3,5 mkg). Ular folat siklining to‘g‘ri ishlashi uchun kerak7. Vitamin B6 moddalar almashinuviga va asab tizimi rivojlanishiga ta’sir etadi, magniyning yaxshi so‘rilishiga yordam beradi8.

Sink (Zn) reproduktiv funksiyani qo‘llaydi, to‘qimalarning shakllanishida muhim va DNK sintezi uchun kerak.

Mis (Cu) kuniga 1 mg miqdorda temirning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, antioksidant himoyaga yordam beradi, oqsil va uglevod almashinuvida ishtirok etadi7,9.

Manbalar:

  1. americanpregnancy.org
  2. Studenikina T.M., Sluka B.A. Embriologiya. Minsk, 2007
  3. Mayo Clinic. Pregnancy week by week, 2017
  4. Afanasyev Yu.I. va boshq. Gistologiya. Moskva, 2002
  5. Aylamazyan E.K. va boshq. Akusherlik. Moskva, 2014
  6. WHO. Antenatal care recommendations, 2016
  7. MP 2.3.1.0253-21. Rospotrebnadzor, 2021
  8. Spasov A.A., Kosolapov V.A. Rossiya tibbiyot jurnali, 2017
  9. Mozgovaya E.V. va boshq. Rossiya tibbiyot jurnali, 2011

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud