Chaqaloq sizni eshitadi. Siz unga muhabbatingizni aytishingiz mumkin. U sizning so‘zlaringizni tushunishi va javob qaytarishi hali ancha vaqt oladi, ammo u hozirning o‘zidayoq tovushlarni va ulardagi iliqlikni his qiladi.
RIVOJLANISHDA E’TIBOR:
bosh miya, ovqat hazm qilish tizimi, skelet.
ZARUR VITAMIN VA MINERALAR:
Vitamin D, temir.
Bo‘limlar:
- Farzand rivoji
- Farzandning xulqi va ko‘nikmalariа
- Vitaminlar va minerallar
- Mutaxassislar va diagnostika
Farzand rivoji
15-haftada bolaning suyak to‘qimasi xaftaga to‘qimasini almashtirishda davom etadi. Qo‘l-oyoqlari cho‘ziladi, u ularni yanada faolroq qimirlatadi — bo‘g‘imlarda bukadi va yozadi. Yuz chizgilari tug‘ilgan chaqaloqnikiga tobora o‘xshab bormoqda: ko‘zlari bir-biriga yaqinlashadi, quloqlari esa deyarli o‘z joyiga kelgan.
Chaqaloq terisi hanuz shaffof, ostidan qon tomirlarini ko‘rish mumkin.
Organizmning barcha tizimlari rivojlanishda davom etmoqda. U ancha kattalashgan va amniotik suyuqlikda erkin suzib, juda qulay holatda. Uning yashash muhiti tinch rivojlanishi uchun juda mos: issiq, qulay va yorug‘lik juda kam.
Yuragi juda tez uradi: daqiqasiga taxminan 147–155 marta2.
O‘pkasida bronxlar yanada mayda bo‘linmalarga ajraladi — har bir o‘pka bo‘lagida bronxial daraxt shakllanadi.
Farzandning xulqi va ko‘nikmalari
15-haftada chaqaloq birinchi bor yorug‘likni sezadi va tovushlarni eshita boshlaydi, sizning ovozingizni ham qabul qiladi.
Shuningdek, u hali ongli bo‘lmasa ham reflektor harakatlar qiladi: yutish va so‘rish harakatlari.
Витамины и минералы для развития ребёнка
Chaqaloqning o‘sishi uchun yetarli miqdorda vitamin D zarur — u nafaqat suyak tizimining shakllanishiga yordam beradi, balki homiladorlikning me’yoriy kechishini ham qo‘llab-quvvatlaydi3.
ДAsab tizimining to‘g‘ri rivoji va yetarli vazn to‘planishi uchun temir ham juda muhim4,5.
Mutaxassislar va diagnostika
Agar shu haftada UTT (ultratovush tekshiruvi)ga borsangiz, chaqaloqning qosh uyishiga, yutishiga, qo‘l-oyog‘ini qimirlatishiga va bosh barmog‘ini so‘rishiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Manbalar:
- americanpregnancy.org.
- Aylamazyan E.K. “Akusherlik”, 2003.
- Poluekova A.Yu. va boshq. Vitamin D tadqiqotlari, 2018.
- Stuklov N.I. Temir tanqisligi anemiyasi, 2016.
- Korotkova N.A., Prilepskaya V.N. Homiladorlarda anemiya, 2015.