Farzandingiz 16-haftada

Qoringizdagi bu qanday yangi hislar? Qimirlamalar! 16-haftada siz birinchi bor chaqalog‘ingizning harakatlarini his qilishingiz mumkin. Endi u bilan bog‘liqligingiz yanada mustahkam bo‘ladi, chunki siz uning borligini his qilyapsiz. Agar hali ham bolaning «itarmoqda»ligini sezmagan bo‘lsangiz, xavotir olmang. U hali juda kichkina, shuning uchun dastlabki turtishlar kuchsiz bo‘ladi, ba’zan ular qorin ichida yugurayotgan pufakchalarga o‘xshaydi.

AKTSENT:
yurak, miya.

ZARUR VITAMIN VA MINERALAR:
foliy kislotasi, vitaminlar B6, B12, B2, B3.

Bo‘limlar:


Farzand rivoji

Endi siz chaqalog‘ingizning borligini his qilayotganingiz sababli aloqangiz yanada kuchayadi. Agar hali ham uning harakatlarini his qilmagan bo‘lsangiz, bezovta bo‘lmang — u hali juda kichkina. Uning dastlabki harakatlari ba’zida qorin ichida qo‘zg‘alayotgan pufakchalarga o‘xshashi mumkin. Chaqaloqning miyasi murakkablashib, takomillashishda davom etadi. To‘g‘ri rivojlanish uchun unga B guruhi vitaminlari va folatlar kerak2,3. 16-haftada u qo‘l-oyoqlarini bo‘g‘imlarda to‘liq bukishi mumkin. Tana shakli cho‘zilgan, umurtqa va bel mushaklari kuchaymoqda. U bo‘ynini ko‘proq rostlay oladi. Tayanch-harakat tizimi takomillashishda davom etmoqda, mimika mushaklari ham mustahkamlanadi. Ta’m retseptorlari rivojlanmoqda — bu chaqaloq amniotik suyuqlikning ta’mini his qilishi mumkinligini anglatadi. Shuning uchun ziravorlarga e’tiborli bo‘ling3.

Terisi hanuz juda yupqa va yarim shaffof, chunki yog‘ qatlami juda oz.

Kichkina yurak har kuni taxminan 25 litr qon haydashda davom etadi va bu ko‘rsatkich ortib boradi1. Yurak urish tezligi daqiqasiga 147 marotabagacha yetishi mumkin4.

Bu haftada bosh miya po‘stlog‘ining yetilishdagi muhim davri yakunlanadi. Harakat muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan miyaning yuzaki qismlari faol rivojlanadi — ular burmalar bilan qoplanadi. Gipofizning old bo‘lagi gonadotrop gormonlarni ishlab chiqaradi, ular jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi5.



Farzandning xulqi va ko‘nikmalari

Chaqaloq ko‘zlarini harakatlantirishi va yorug‘likdan yuzini burishi mumkin, garchi qovoqlari hanuz yopiq bo‘lsa ham. Mimika mushaklari rivojlangani tufayli u allaqachon qoshlarini uyishtira oladi.



Diagnostika

Agar siz shifokor ko‘rigida bo‘lgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha tahlil talab qilinmaydi. Ginekolog qabulida esa bachadon yanada kattalashganini bilib olasiz — hozir uni qorin pastki qismi bilan kindik orasidagi masofaning o‘rtasida paypaslab sezish mumkin.



Vitaminlar va minerallar

Chaqaloqning yurak va miya rivoji uchun B guruhi vitaminlari zarur4,5,6. Vitaminlar B6 va B12 folat siklining to‘liq ishlashi uchun kerak, B2 esa miya lipid almashinuvida ishtirok etadi va folatlar hamda B6 vitaminining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi2,7. Folatlarning biologik funksiyasi yetarli miqdordagi niatsinsiz (B3 vitamini) amalga oshmaydi2.

Rux va magniy ham chaqaloqning normal o‘sishi va rivoji uchun muhim. Magniy kaltsiy bilan birga yurak-qon tomir tizimi faoliyatini ta’minlaydi — u qon tomirlarini bo‘shashtiradi, bu homiladorlikda ayniqsa muhim8. Magniy nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi va skelet mushaklari faoliyati uchun kerak9.

Manbalar:

  1. Pregnancy week 16, American Pregnancy Association.
  2. Kennedy D.O. “B Vitamins and the Brain: Mechanisms, Dose and Efficacy”, Nutrients, 2016.
  3. Patten B.M. “Inson embriologiyasi”, 1959.
  4. Aylamazyan E.K. “Akusherlik”, 2003.
  5. Kerkeshko G.O. va boshqalar. Folatlar bilan davolash.
  6. Pustotina O.A. Folatlar qo‘llanishining xavf va yutuqlari.
  7. “Fiziologik ehtiyojlar me’yorlari”, Rossiya, 2021.
  8. Khayat S., Fanaei H., Ghanbarzehi A. “Homiladorlik va laktatsiyada minerallar”, 2017.
  9. Al Alawi A.M. Magniy va inson salomatligi, 2018.

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud