Bolakay o’ziga xos, takrorlanmas qiyofasini tobora yaqqolroq namoyon qilmoqda. Boshchasi va yuzchasidan tortib barmoqlari uchlari va tovongacha. U sen aytayotgan hamma narsani eshitadi va sening ovozingni taniydi. Va eng muhimi — kimni kutayotganingni allaqachon bilish mumkin: o’g’ilmi yoki qizmi.
RIVOJLANISHGA E’TIBOR:
yurak, bosh miya, o’pka.
ZARUR VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR:
vitaminlar B olti, B o’n ikki va D, kalsiy, temir.
Mundarija:
Bola rivoji
So’nggi ikki hafta ichida bolang sezilarli o’sdi. Unda sochlar o’smoqda: qoshlari, kipriklari. Boshida ham sochlar mavjud. Barmoq izlari shakllanishda davom etmoqda. Ultrasonografiya yordamida bolaning quloqlari va yuzchasi, qo’l va oyoqlarini ko’rish mumkin.
Bosh miya endi yurak ishini boshqaradi: nerv impulslarini o’zidan yurak mushagiga yuboradi. O’pkalar tuzilmasi o’zgarib, bezsimon holatdan g’ovak tuzilishga o’tmoqda, bu ularga gaz almashinuvini ta’minlashga imkon beradi2. Teri osti yog’ qatlami paydo bo’ladi — u issiqlik almashinuvi va vazn yig’ilishiga javob beradi1.
Bolaning barcha ehtiyojlarini platsenta ta’minlaydi, u ham birga ancha kattalashgan. Uning orqali barcha ozuqa moddalar va kislorod kiradi, hamda hayot faoliyati mahsulotlari chiqariladi1. Kindik ichagi qalinlashmoqda.
Bola xulqi va ko’nikmalari
Bolakay allaqachon sening ovozingni eshitadi va uni boshqa tovushlardan farqlay oladi. Uni ertaklar va yaxshi musiqaga oshno qilish vaqti keldi. Ko’zlari hali yopiqligicha, ammo qovoqlari allaqachon harakatlana oladi. Bola nafaqat bosh barmog’ini og’ziga qo’yadi, balki og’zini ochib-yopadi, go’yo nimanidir aytmoqchi (yoki kuylamoqchi!) bo’lib.
Vitaminlar va minerallar
Asab tizimining to’g’ri shakllanishi va bolakayning vazn yig’ishiga temir yordam beradi3,4.
Eng yaxshi variant — barcha zarur moddalarni ovqat mahsulotlari va tarkibida vitaminlar B olti, B o’n ikki va D, shuningdek kalsiy mavjud bo’lgan vitamin-mineral komplekslar orqali olish5.
Manbalar:
- Pregnancy week 17, American Pregnancy Association. americanpregnancy.org.
- Aylamazyan E.K. Akusherstvo: Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. 4-nashr. Sankt-Peterburg: SpetsLit, 2003. 528 bet.
- Stuklov N.I. Akusherlik va ginekologiya, 2016. № 7. B. 99–104.
- Korotkova N.A., Prilepskaya V.N. Meditsinskiy sovet, 2015. № XX. B. 58–62.
- Dobrokhotova Yu.E., Borovkova E.I. RMJ. Ona va bola. 2017. № 15. B. 1102–1106.