Kichkina organizmda allaqachon qalqonsimon bez faoliyat ko’rsatmoqda, asab tizimi takomillashmoqda, miya tuzilmalari murakkablashmoqda. Bola tashqi ta’sirlarga yanada sezgir bo’lmoqda: endi u faqat tovushlarni eshitmaydi, balki yorug’lik va soyaga ham javob bera boshlaydi.
RIVOJLANISHGA E’TIBOR:
qalqonsimon bez, asab tizimi, bosh miya.
ZARUR VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR:
vitamin A va D, mis, temir, rux, kalsiy.
Mundarija:
- Bola rivoji
- Bola xulqi va ko’nikmalari
- Mutaxassislar va diagnostika
- Bolaning rivoji uchun vitaminlar va minerallar
Bola rivoji
Allaqachon o’n to’qqizinchi haftada tug’ilishga faol tayyorgarlik ketmoqda: bolaning tanasida kelajakda uni sovqotishdan himoya qiladigan “qahva rang yog’” hosil bo’la boshlaydi. Hozircha bu qatlam kichik, bolakayning terisi esa hanuz yupqa va yarim shaffof. Uni mumga o’xshash maxsus qoplama himoya qiladi. Shu qoplama tug’ruq yo’llari bo’ylab siljishni ta’minlaydi.
Bolaning ko’zlari hanuz yopiq, ammo yorug’likka sezgir. Sezgi organlariga mas’ul bo’lgan miya sohalari murakkablashib, takomillashmoqda. Boshidagi sochlar esa yanada zichroq bo’lib bormoqda.
Bosh miyaning gipotalamo-gipofizar tizimi yetila boshlaydi. Ushbu tuzilma endokrin tizim faoliyatida muhim o’rin tutadi. Hatto shu erta bosqichning o’zida gipofizda qalqonsimon bez faoliyati uchun zarur bo’lgan maxsus gormon ishlab chiqariladi. Qalqonsimon bez gormonlari esa, o’z navbatida, miya rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Sen allaqachon kimni kutayotganingni bilasan: o’g’ilmi yoki qizmi? Agar qiz bo’lsa, o’n to’qqizinchi haftada uning organizmida reproduktiv tizim faol shakllanmoqda va tuxumdonlarida allaqachon tuxum hujayralari mavjud.
Bola xulqi va ko’nikmalari
Ehtimol, sen sezding: bola kunning ma’lum vaqtlarida faollashadi – u harakat qiladi va atrofda sodir bo’layotganlarga javob beradi, keyin esa tinchlanadi. Bu shundan dalolat beradiki, bolada allaqachon uyqu va uyg’oqlik davrlari mavjud. Shunday qilib, u o’z kun tartibini shakllantirmoqda. Hozir sening bolang ayniqsa faol: bachadonda yetarli joy bor va harakatlariga hech narsa to’sqinlik qilmaydi. Uning qimirlashi asab tizimi rivojiga bog’liq: dastlab u spontan harakat qiladi, hatto biroz titrashi mumkin. Homiladorlik davom ettikça, bola tashqi ta’sirlarga ham javob bera boshlaydi: masalan, onaning qorniga qo’l tekkizishiga2. Bunday harakatlar bolada suyak-mushak tizimi rivoji va uning normal faoliyati uchun juda muhim3.
Mutaxassislar va diagnostika
Ehtimol, aynan shu haftada sen bolangning yurak urishini tinglash imkoniga ega bo’lasan. Bunda maxsus portativ apparatga ega shifokor yordam beradi4. Odatda yurak urishi bolaning orqa tomonga qaragan qorin tomonidan eshitiladi.
Bolaning rivoji uchun vitaminlar va minerallar
Aynan hozir, bolaning endokrin va jinsiy tizimlari rivojlanayotgan davrda, senga vitamin A va D, shuningdek, mis, temir, rux va kalsiyga alohida e’tibor qaratish kerak: ular gormonlar ishlab chiqarilishida muhim rol o’ynaydi5,6.
Homiladorlikning ikkinchi trimestrida foliy kislotasiga bo’lgan ehtiyoj oshadi7. Bu modda miya, asab tizimi va yurak hujayralarining bo’linishi va yetilish jarayonida ishtirok etadi. Ular doimiy ravishda rivojlanayotganligi va murakkablashayotganligi sababli, senga kuniga kamida to’rt yuz mikrogramm foliy kislotasi zarur8.
Vitamin D ham kerak. U homiladorlikning tinch kechishiga, shuningdek bolakayning o’sishi va rivojlanishiga javob beradi. Bundan tashqari, u kalsiyning o’zlashtirilishiga yordam beradi. Kalsiy esa tishlar va suyaklar salomatligi uchun zarur. Shuningdek, fosfor ham kerak: bolaning mushak tizimi mustahkam bo’lishi uchun9.
Manbalar:
- Pregnancy week 19, American Pregnancy Association. americanpregnancy.org (Murojaat qilingan sana — 30.08.2019).
- Fagard J., Esseily R., Jacquey L., O'Regan K., Somogyi E. Fetal Origin of Sensorimotor Behavior. Front Neurorobot. 2018;12:23. Published 2018 May 23.
- Verbruggen S.W., Kainz B., Shelmerdine SC, va boshqalar. Stresses and strains on the human fetal skeleton during development. J R Soc Interface. 2018;15(138):20170593.
- Akusherstvo: milliy qo’llanma / E.K. Aylamazyana, V.I. Kulakova, V.E. Radzinskogo, G.M. Savel’yeva tahriri ostida. Moskva: GEOTAR-Media, 2014. — 1200 bet. — (Milliy qo’llanmalar seriyasi).
- Stevenson, M.J., Uyeda, K.S., Harder, N.H.O., va Heffern, M.C. (2018). Metal-dependent hormone function: the emerging interdisciplinary field of metalloendocrinology. Metallomics.
- Reichrath J., Lehmann B., Carlberg C. et al. Vitamins as hormones // Horm Metab Res. 2007 Feb;39(2):71-84.
- Sorokina A.V. Anemiya u beremennykh // Rossiyskiy vestnik akushera-ginekologa, 2015. №5. B. 132-173.
- WHO recommendations on antenatal care for a positive pregnancy experience. I.World Health Organization, 2016.
- Khayat S., Fanaei H., Ghanbarzehi A. Minerals in Pregnancy and Lactation: A Review Article. J Clin Diagn Res. 2017;11(9):QE01–QE05.