Farzandingiz 22-haftada

Bolang tobora kattalashib bormoqda. Homiladorlikning ushbu haftasi — o‘pkalarning mustaqil nafas olishga tayyorlanishi uchun muhim bosqichdir. Ularda hayot uchun zarur bo‘lgan moddalar — surfaktant hosil bo‘lmoqda. Shuningdek, bolaning ko‘zlarida iris (raduzhnaya obolochka) shakllangan.

RIVOJLANISHGA AKSENT:
o‘pka, ko‘zlar.

ZARUR VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR:
vitaminlar A, S, E, D.

Mundarija:


Bolaning rivojlanishi

22-haftaga kelib bolaning ko‘zlarida iris shakllangan, biroq ular hali yakuniy rangini olmagan: buning uchun yetarli pigment to‘planmagan.

Yog‘ to‘qimalarining kamligi sababli bola biroz burishgan ko‘rinadi va teri ostida qon tomirlari hanuz ko‘rinadi2.

Kichik o‘pkalarda maxsus modda — surfaktant hosil bo‘la boshlaydi. U alveolalarni ichkaridan qoplaydi va o‘pkalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi3. Buni suvga sovun qo‘shganda hosil bo‘ladigan pufakchalarga o‘xshatish mumkin — surfaktant alveola pufakchalarining ochilib, kengayishiga imkon beradi.



Bolaning xulqi va ko‘nikmalari

Ishonish qiyin, lekin bola yorug‘lik, sening ovozing va yurak urishingdagi o‘zgarishlarga sezilarli darajada javob qaytaradi. Bu degani — sen hayajonlansang, u ham buni sezadi. Albatta, barcha tashvishlardan xoli bo‘lishning iloji yo‘q, ammo stress vaziyatida o‘zingni tinchlantirishga va hissiyotlaringni yaqinlaring bilan bo‘lishishga harakat qil. Ulardan maslahat bermasdan, shunchaki tinglashlarini so‘ra. Agar atrofda haddan tashqari qo‘rqituvchi yoki tinchlik bermaydigan ma’lumotlar bo‘lsa, hamkasblar yoki tanishlar homiladorliging haqidagi fikrlarini qayta-qayta bildirishsa — ularni sening hissiyotlaringni hurmat qilishga va vaqt tug‘ilganida o‘zing qaror qabul qilishingni kutishga chaqir. Senga hammasini chuqur his qilishni va boshqalarning reaktsiyasiga haddan ziyod javob bermaslikni o‘rganishga vaqt beriladi.



Mutaxassislar va diagnostika

Albatta, sen bolangning burni, lablari, ko‘zlari qanday ko‘rinishini ko‘rging keladi. 3D-UZI yordamida sen bolaning ayni damda nima qilayotganini, uning mimikasi qanday o‘zgarishini, qanday yoqimli harakatlar qilayotganini real vaqt rejimida kuzatishing mumkin. Bunga uning otasi ham borishiga imkon ber: ko‘plab mutaxassislar UZI jarayonida ota ishtiroki otaning farzand bilan bog‘lanishini kuchaytirishini, butun oila ichida munosabatlarni mustahkamlashini ta’kidlashadi.



Bolaning rivojlanishi uchun vitaminlar va minerallar

Bolaning asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi to‘g‘ri rivojlanishi uchun foliy kislotasi zarur4,5. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti homilador ayollarga kuniga kamida 400 mkg foliy kislotasi qabul qilishni tavsiya qiladi6. Shuningdek, bolaga vitaminlar A va D kerak — ular suyaklar, tishlar va teri hujayralari shakllanishida qatnashadi7,8. Bundan tashqari, vitamin A immunitet tizimi uchun muhim8.

Bolaning ko‘rish o‘tkirligi vitaminlar A, S va E kirib kelishiga bog‘liq, chunki ular ko‘z to‘r pardasini erkin radikallar zararidan himoya qiladi9. Ularga mis va rux yordam beradi. Bundan tashqari, bolaning ko‘rish organlari rivojlanishi uchun omega-3 polinenashtirilgan yog‘ kislotalari ham zarur, va ular tug‘ilgandan keyin ham kerak bo‘ladi10.

Manbalar:

  1. americanpregnancy.org.
  2. Aylamazyan E.K. Akusherstvo: tibbiyot oliygohlari uchun darslik. 4-nashr, qo‘shimchalar bilan / E.K. Aylamazyan. — Sankt-Peterburg: SpetsLit, 2003. — 528 b: il. library.tma.uz.
  3. WHO recommendations on antenatal care for a positive pregnancy experience. I. World Health Organization, 2016.
  4. MP 2.3.1.2432-08 «Rossiya Federatsiyasi aholining turli guruhlari uchun energiya va ozuqa moddalarga fiziologik ehtiyojlari me’yorlari».
  5. who.int.

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud