Farzandingiz 24-haftada

24-haftada bolada leykoсitlar — oq qon tanachalari ishlab chiqila boshlaydi. Tasavvur qil, endi sening bolangning o‘z qonida aylanuvchi, uni himoya qiluvchi immun hujayralari bor.

RIVOJLANISHGA E’TIBOR:
qon yaratuvchi organlar, ko‘rish.

ZARUR VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR:
vitaminlar D, E, C, B6, B12, sink, foliy kislotasi.

Mundarija:


Bolaning rivojlanishi

Sening bolang allaqachon o‘ziga juda o‘xshab qoldi! Ko‘zlarida birinchi kipriklar paydo bo‘ldi. Bola faol ravishda qovoqlarini harakatlantirib, ko‘zlarini ochib-yopa oladi. Burunchasi o‘z shaklini olmoqda, quloqlari esa to‘liq shakllangan va tug‘ilgunga qadar o‘zgarmaydi. Butun tanasi mayin tukchalar bilan qoplangan2. Teri hali ham yupqa, burishgan va ostidagi qon tomirlar ko‘rinadi. Ammo tez orada faol yog‘ to‘planishi boshlanadi va tug‘ilgunga kelib bola butunlay boshqacha ko‘rinadi.

Bu muddatda bolada allaqachon leykoсitlar ishlab chiqila boshlaydi — ular infeksiyalarga qarshi kurashga yordam beradi3. Qon yaratuvchi organlar deyarli to‘liq o‘z funksiyasini bajara oladi2.

Homiladorlikning oltinchi oyida ovqat hazm qilish tizimining barcha organlari shakllangan: qizilo‘ngach, oshqozon, ichaklar (yo‘g‘on va ingichka ichak), oshqozon osti bezi, jigar.



Bolaning xulqi va ko‘nikmalari

24-haftada bola yorug‘lik va ovozli ta’sirlarga javob bera oladi: yorqin nur va keskin tovushga. Agar sening qoringga masalan, chiroqning yorqin nuri tushsa, bunga javoban bola qovoqlarini, qo‘llarini, oyoqlarini va boshini harakatlantirishi mumkin. Keskin tovushlarga javoban u qo‘rqib qisqarib qolishi yoki aksincha juda bezovta bo‘lib qolishi mumkin2. Shu sababli tinchlik uchun keskin tovushlar va juda yorqin nurlarni, masalan, kechki bayram paytida, imkon qadar chekla. Eng yaxshi variant — aynan o‘zing yoqtiradigan sokin musiqa.



Mutaxassislar va diagnostika

Bu muddatda shifokor sende glyukoza muvofiqligi buzilishi yoki gestasion qandli diabet yo‘qligini glyukozaga toqat testidan foydalanib aniqlashi mumkin. Buning uchun och qoringa qon olinadi, so‘ngra glyukoza eritilgan bir stakan suv ichiriladi. 1 va 2 soatdan so‘ng qayta qon olinib, glyukoza darajasi baholanadi.



Bolaning rivojlanishi uchun vitaminlar va minerallar

Homiladorlik davrida zarur mikroelementlarning yetarli miqdorda bo‘lishini unutmaslik muhim. Masalan, sink va mis ko‘plab almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va fermentlar to‘g‘ri ishlashi uchun zarurdir4. Mutaxassislar kuniga kamida 1 mg mis qabul qilinishini tavsiya qiladilar4.

Asab va yurak-qon tomir tizimlarining uyg‘un rivojlanishi uchun foliy kislotasi juda zarur5,6. Uni vitaminlar B6 va B12 bilan birga qabul qilish eng maqbul — ular folat siklining to‘liq ishlashi uchun kerak4. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga kamida 400 mkg foliy kislotasi tavsiya qiladi7.

Bolani immuniteti vitaminlar D, E va C hamda sinkka bog‘liq. Vitaminlar C va E — erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiluvchi muhim antioksidantlar. Vitamin D esa immun hujayralar ishlab chiqilishi va infeksiyalardan himoya qilish uchun zarur8.

Manbalar:

  1. Pregnancy week 24, American Pregnancy Association. americanpregnancy.org (Murojaat qilingan sana — 30.08.2019).
  2. “Rebenok ot zachatija do goda”, J.V. Tsaregradskaya. — M.: Astrel: ACT, 2005 — (Universal qo‘llanma).
  3. “Your Pregnancy Week by Week: Weeks 21-25”. WebMD. webmd.com (Murojaat qilingan sana — 30.08.2019).
  4. Metodik tavsiyalar MP 2.3.1.0253-21 "Turli aholi guruhlari uchun energiya va oziq moddalariga fiziologik ehtiyoj me’yorlari". 2021; rospotrebnadzor.ru.
  5. Kerkeshko G.O. va boshqalar. “Homiladorlik asoratlarida folatlar bilan terapiyani optimallashtirish”. Jurnal akusherstva i jenskix bolezney, 2013. №6.
  6. Pustotina O.A. “Homiladorlikdan oldin va davomida folatlar qo‘llashning yutuq va xatarlar”. Meditsinskiy sovet, 2015. №9.
  7. WHO recommendations on antenatal care for a positive pregnancy experience. World Health Organization, 2016.
  8. Maggini S, Pierre A, Calder PC. “Immun funksiyasi va mikroelementlar ehtiyoji umr davomida o‘zgarishi”. Nutrients. 2018 Oct 17;10(10):E1531.

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud