Ushbu vaqtda ichak mikroflorasi shakllanadi. Bu kichik organizmning immun tizimidagi yana bir “tosh” hisoblanadi.
E’TIBOR:
immun tizimi rivojlanishi.
ZARUR VITAMINLAR VA MIKROELEMENTLAR:
Vitamin K, vitamin C, vitamin B12, magniy.
Mundarija:
- Farzandingizning rivojlanishi
- Farzandingizning xatti-harakatlari va ko‘nikmalari
- Diagnostika
- Farzandingiz rivojlanishi uchun vitaminlar va minerallar
Farzandingizning rivojlanishi
Siz va Farzandingiz oxirgi bosqichga kiryapsiz. Yana bir oy — va siz bir-biringizni birinchi marta ko‘rasiz!
Tug‘ilishga tayyorgarlik davom etmoqda. Ingichka tuklar va terini qoplagan sir, amniotik suvlarda erib, Farzandingizning oshqozon-ichak yo‘liga tushadi va birinchi najas — mekoniyni hosil qiladi1. U tug‘ilgach chiqariladi — shunday qilib Farzandingiz hayotida birinchi marta “hojatga” boradi.
Mekoniy hidga ega emas va boshqa ajralmalar bilan aralashmaydi. Avvallari u sterill deb hisoblangan, ammo so‘nggi tadqiqotlar ko‘rsatdiki, ko‘pincha mekoniyning tarkibida laktobakteriyalar va Escherichia coli mavjud2,3. Bu kashfiyot Farzandingizning ichak mikrobiomi tug‘ilishdan oldin shakllanishni boshlashini tasdiqlaydi.
Farzandingizning xatti-harakatlari va ko‘nikmalari
36-haftaga kelib, Farzandingiz ko‘pincha aylangan va tug‘ilish uchun qulay pozitsiyani egallagan bo‘ladi. Ba’zida u avvalgi pozitsiyada qoladi — bosh tepada. U hali ham faol, lekin harakat uchun joy yetishmaydi.
Diagnostika
Rejalashtirilgan haftalik ko‘rikda shifokor kardiyotokografiya o‘tkazadi — Farzandingiz yurak urishi tezligi va bachadon tonusini yozib boradi4. Shu davrda boshqa maxsus tadqiqotlar odatda talab qilinmaydi.
Farzandingiz rivojlanishi uchun vitaminlar va minerallar
Farzandingiz faol temir to‘playapti. Temir yaxshi so‘rilishi uchun B12 vitamini, foliy kislotasi va C vitamini zarur5,6. Bu vitaminlar immun tizimini mustahkamlash va ichak motilitetini rag‘batlantiruvchi B guruhi vitaminlari va K vitamini hamda magniy bilan birga hayotiy jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Manbalar:
- Pregnancy week 36, American Pregnancy Association. americanpregnancy.org (Ma’lumot olish sanasi — 30.08.2019).
- Jiménez E, Marín ML, Martín R, Odriozola JM, Olivares M, Xaus J, Fernández L, Rodríguez JM (April 2008). "Is meconium from healthy newborns actually sterile?". Research in Microbiology. 159 (3): 187–93.
- Perez-Muñoz ME, Arrieta MC, Ramer-Tait AE, Walter J (April 2017). "A critical assessment of the 'sterile womb' and 'in utero colonization' hypotheses: implications for research on the pioneer infant microbiome". Microbiome. 5 (1): 48.
- Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 1-noyabrdagi № 572n buyrug‘i.
- Kazhikbekova G.A. Homiladorlik davrida polivitaminlar qo‘llanilishi // Vestnik KazNMU. 2012. №2. S. 17-19.
- Bastos Maia S, Rolland Souza AS, Costa Caminha MF, et al. Vitamin A and Pregnancy: A Narrative Review. Nutrients. 2019;11(3):681.