O‘quv bo‘limi:
Sening o‘zingni his qilishing
Chidab tur. Yana biroz sabr qil va sen ertalablari ko‘ngil aynishi, holsizlik va asabiylik kabi yoqimsiz hislardan xalos bo‘lasan. 11-haftada bu alomatlar hali ham mavjud.
Yaxshi holat deb shuni aytish mumkinki, hozir sening uxlashga bo‘lgan ehtiyojing oshgan. Boshqa tomondan esa, kechasi siydikka tez-tez chiqish, qulay uxlash holatini izlash va boshqa holatlar ba’zan yaxshi uxlab olishga imkon bermaydi. Agar ertalab ko‘proq uxlash imkoniyating bo‘lsa, sen o‘zingdagi bezovtalikni shunchaki “uyqu bilan yengib o‘tishing” mumkin.
Agar sen birinchi marta bizning saytimizga kirgan bo‘lsang, avvalgi haftalardagi maqolalarda bu davrni qanday yengilroq o‘tkazish haqida o‘qishing mumkin.
Sening tanang
11-haftada o‘zgarishlar endi nafaqat sen va yaqinlaringga, balki begona odamlarga ham sezila boshlaydi. Ishdagi hamkasblaringga o‘z qiziqarli holatingni aytib berish uchun ayni vaqt va Mehnat kodeksida belgilangan imtiyozlar bilan tanishish vaqti keldi. Masalan, endi seni qo‘shimcha ish vaqtiga jalb qilishlari yoki xizmat safariga yuborishlari mumkin emas.
Oziqlanish va turmush tarzi
O‘sib kelayotgan chaqaloq organizmini “qurilish” moddalari bilan ta’minlash uchun oqsil iste’molini biroz oshirish tavsiya etiladi. Sen yarat, yog‘siz go‘sht, pishloq va tuxum iste’mol qilishing kerak. Albatta, agar hech qanday individual xususiyatlar va qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa.
Folatlar va yana bir bor folatlar. Vitamin-mineral komplekslariga qo‘shimcha ravishda foliy kislotasiga boy oziq-ovqat kerak — qayta ishlanmagan guruch, sparja, ismaloq, bargli ko‘katlar, yong‘oqlar, avokado.
Folatlar yaxshi o‘zlashtirilishi uchun, B6 va B12 vitaminlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish muhim. Bular qo‘pol unli non va xuddi shu sut mahsulotlari, go‘sht va tuxum.
Kundalik tartibga rioya qil. O‘z vaqtida uxlashga harakat qil, uxlashdan oldin ochiq havoda sayr qilish taranglikni kamaytiradi.
Sening atrofing
Kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi va asabiylik sening o‘zingni his qilishing va yaqinlaring bilan munosabatlarga ta’sir qiladi. Ular bilan o‘zingni qanday his qilayotganing va nima uchun shunday reaksiya bildirayotganingni muhokama qilish muhimdir.
Sening hissiy holatingning barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga psixolog yordam berishi mumkin. Ko‘pincha bunday mutaxassis bilan maslahatlar homiladorlar uchun kurslar dasturida mavjud bo‘ladi. Ehtimol, senga juftlar uchun tashkil etilgan kurslar ko‘proq yoqishi mumkin. Bu birga ko‘proq vaqt o‘tkazish va bir-birlaringzni yaxshiroq tushunishga qo‘shimcha imkoniyatdir.
Manbalar:
- The International Federation of Gynecology and Obstetrics (FIGO) recommendations on adolescent, preconception, and maternal nutrition: “Think Nutrition First” // International Journal of Gynecology and Obstetrics 131 S4 (2015) S213–S253.
- Umumiy nutritsiologiya: o‘quv qo‘llanma / A.N. Martinchik, I.V. Maev, O.O. Yanushevich. — Moskva: MEDpress-inform, 2005. — 392 b., il.