Sening holating 13-haftada

Mundarija:


Sening ahvoling

Ko‘ngil aynishi va charchoqqa xayr. Ehtimol, bu vaqtda o‘zingni ancha yaxshi his qila boshlagansan. Biroq seni qorin dam bo‘lishi va tez-tez ich kelishi bezovta qilishi mumkin. Bu homiladorlik gormonlari me’da-ichak tizimini bo‘shashtirgani va o‘sib borayotgan bachadon ichakka bosim o‘tkazayotgani sababli yuz beradi. Shu tufayli oziq-ovqat hazm bo‘lishi va bo‘limdan bo‘limga o‘tishi qiyinlashadi. O‘zingni yengil his qilish uchun qaysi mahsulotlardan keyin qorin dam bo‘lishi kuchayishini qayd qilib borishga harakat qil — shunda noqulaylik keltiradigan mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash osonroq bo‘ladi. Tez-tez, ammo kichik porsiyalarda ovqatlan. Va ko‘proq suv ichishni unutma. Bularning barchasi oziq-ovqatning ichak bo‘ylab osonroq harakatlanishiga yordam beradi va o‘zingni yaxshi his qilishingni ta’minlaydi.



Sening tanang

Sen qorningning kattalashganini sezishing mumkin. Ayniqsa ovqatlangandan keyin bu yaqqol bilinadi. Ko‘kraging ham sezilarli kattalashgan, agar hali kiyim almashtirmagan bo‘lsang, bunga shoshilinch kirish vaqti keldi.

Ehtimol, qorin va sonlarda cho‘zilish belgilar (striya) paydo bo‘lgan, teri esa biroz qoraygan bo‘lishi mumkin — bu estrogen darajasi oshishiga javoban melanin ishlab chiqarilishi ko‘paygani tufayli yuz beradi. Birinchi muammoni teri elastikligini yaxshilaydigan kremlar yordamida yengish mumkin. Ikkinchi muammo esa tug‘ruqdan keyin o‘zi yo‘qoladi.

Sening vazning
13-haftada qat’iy norma yo‘q. Vaznda biroz oshish mumkin — 1–2 kg1.



Sening ovqatlanishing va turmush tarzing

Hozir asosiy e’tibor — mahsulotlarning oziqlik qiymatida. Ovqat juda kaloriya¬li bo‘lmasligi kerak. Ikki kishilik ovqatlanish ham shart emas, e’tiborni sifatli parhezga qarat. O‘rtacha homiladorlik davrida senga taxminan 2400–2700 kilokaloriya kerak bo‘ladi — bu taxminan 100 g oqsil, 65 g yog‘ va 320 g uglevod2. Ratsionda ko‘proq yangi sabzavot va mevalar, ko‘katlar, yog‘siz go‘sht, dukkaklilar bo‘lishi kerak. Ammo fastrfud va shirin pishiriqlarni ratsiondan chiqarish lozim.



Sening atrofing

Ehtimol, homiladorliging allaqachon atrofdagilarga sezilayotgandir. Tabriklar bilan birga sen tajribaliroq qarindoshlar, dugonalar va hamkasblardan maslahatlar ola boshlashing mumkin. Muhim jihat shundaki, sening ahvoling boshqalarning tajribasidan muhimroq. Faqat mutaxassislar tavsiyalariga tayanish kerak. Maslahatchilarning so‘zlarini juda jiddiy qabul qilma. Unutma: biror homiladorlik boshqasiga o‘xshamaydi. Barcha xavotirli fikrlarni qo‘yib yuborishga harakat qil. Bunga meditatsiya va yengil mashqlar yordam beradi: masalan, homiladorlar uchun yoga. Mashg‘ulotlarda nafaqat to‘g‘ri nafas olish va asanalarni bajarishni, balki bolacha bilan “kontakt o‘rnatish”, tanalaringni his qilishni ham o‘rgatishadi.

Manbalar:

  1. Weight Gain During Pregnancy: Reexamining the Guidelines. Institute of Medicine (US) and National Research Council (US) Committee to Reexamine IOM Pregnancy Weight Guidelines; Rasmussen K.M, Yaktine A.L, editors. Washington (DC): National Academies Press (US); 2009.
  2. Dobrohotova Yu.E., Borovkova E.I. Pitanie vo vremya beremennosti // RMJ. Mat’ i ditya. 2017. № 15. S. 1102–1106.

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud