Sening holating 28-haftada

Mundarija:


Sening o‘zini his qilishing

  • Shu haftada sen o‘zgingan qadam tashlashingni sezasan: qorin oldinga chiqadi, qadamlar biroz “patka” kabi, tana markazi siljishi tufayli. Bu normal holat, ko‘pchilik ayollar shunday bo‘ladi.
  • Kayfiyat o‘zgarishi mumkin: quvonch bilan birga, ba’zida noqulayliklar tufayli kayfiyat pasayishi ham bo‘ladi.
  • Belgilar: oyoqlarda shishish, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘i, kislotali qayt qilish, jig’ildon qaynashi va oshqozon bezovtaligi.
  • Yordam: tez-tez, oz-ozdan ovqatlaning; yog‘li va achchiq taomlardan saqlaning.
  • Oyoqlar shishsa, ularni bir necha marta kuniga qorin balandligidan yuqoriga ko‘tarib yotish foydali, ostiga yostiq yoki rolik qo‘yish mumkin.
  • Beldagi og’irlikni kamaytirish uchun tug’ruqqacha bandaj kiyish, to‘g‘ri tana holatiga e’tibor berish.
  • Oyoqlar shishini oldini olish uchun boldirlarni yengil uqalash foydali.


Tana holati

Kortizol darajasi yuqori: bu gormon metabolizmni faollashtiradi va qonda xolesterolni ko‘paytiradi2. Shu sababli vazn har hafta asta-sekin oshadi.



Ovqatlanish va turmush tarzi

Oshqozon-ichak harakati va ichak motorikasi sekinlashadi, bu esa qisqa muddatli noqulayliklar, ya’ni qabziyat, gemorroyga sabab bo’lishi mumkin. Noqulayliklarni oldini olish uchun choralar: ko’p kletchatkaga boy ovqatlar — sabzavot, meva, don mahsulotlarini ko’proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar (baliq va o‘simlik yog‘lari), yetarli suyuqlik, sut mahsulotlarini iste’mol etish maqadga muvofiq.



Atrof-muhit

7-oy yakunlanmoqda, tug‘ruq yaqin. Bolaning kiyimlarini tanlashda tabiiy matolar va oddiy dizaynga e’tibor berish kerak — tugmalar, katta aplikatsiyalar bolaga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Manbalar:

  1. National Health Service (UK). Week 28. nhs.uk, 2019.
  2. Акушерство: Milliy qo‘llanma, 2014.
  3. Hanson M.A. va boshq., 2015. FIGO: Think Nutrition First. Int J Gynaecol Obstet, 131 Suppl4:S213-53.

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud