8-haftada sening holating

Bo‘limlar:


Sening ahvoling

Bu haftada ham sen ko‘ngil aynishi, holsizlik va charchoqni sezishing mumkin. Uyquchanlik va tez jahllanish ham kuzatiladi. Stressni imkon qadar kamaytir, hech narsa seni izdan chiqarib qo‘ymasligi juda muhim.

Toksikozni yengillashtirishga yordam berish uchun, ko‘ngil aynishini kamaytirish bo‘yicha maslahatlarimizni davom ettiramiz:

  • Ko‘ngil aynishiga qon tarkibidagi glyukoza darajasining pasayishi sabab bo‘lishi mumkin — bu ko‘pincha ertalab, och qoringa yoki ovqatlar orasidagi uzoq tanaffusdan keyin kuzatiladi. Yengil tamaddilar bunga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
  • So‘lak bo‘sh oshqozonga tushishi ham ko‘ngil aynishiga sabab bo‘ladi. Agar sen och bo‘lsang, saqich chaynashdan tiyil — u ko‘p so‘lak chiqaradi, lekin oshqozonni to‘ldirmaydi.
  • O‘zing bilan doim olib yurishga qulay bo‘lgan lollipop yoki lozenga o‘xshash konfetlarni sinab ko‘r.
  • Agar homiladorlar uchun vitaminlar ko‘nglingni aynitayotgan bo‘lsa, ularni ovqat bilan birga, to‘q qoringa ichgan ma’qul.


Sening tanang

Organizming bolang tez rivojlanayotgani bois unga joy tayyorlamoqda. Bola o‘sishi bilan birga amniotik suyuqlik miqdori ham ortadi. Shuning uchun 8-haftaga kelib bachadon hajmi ikki baravarga kattalashadi: oldin mushtdek bo‘lgan bo‘lsa, endi greypfrut kattaligiga yaqinlashgan. Va, tabiiy ravishda — qon hajmi ham 40–50 % ga oshadi1.

Bu vaqt garderobni kengroq kiyimlarga almashtirishga to‘g‘ri keladigan davr. Ilgari bo‘lmagan darajada qulay, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarni tanla.

Vazn ortishi — faqat xarid uchun signal emas. Endi teri eng ko‘p cho‘ziladigan joylarda striya, ya’ni cho‘zilish izlari paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aynan senga mos bo‘lgan — tarkibida vitaminlar va tabiiy moylar mavjud bo‘lgan maxsus kremlardan foydalanish muhimdir2. Kechroq muddatlarda homiladorlik bandaji ham yordam beradi.



Buyraklar shakllanmoqda — bu hozircha bir guruh hujayralar bo‘lib, ular yaqin orada tarmoqlanuvchi tuzilmalarni hosil qiladi: ba’zilari kelajakdagi siydik yo‘llariga, boshqalari esa buyrak tuzilmalariga aylanadi2. Kelajakdagi jinsiy hujayralar ham shakllanmoqda: o‘g‘il bolalarda — sperma, qizlarda — tuxum hujayralar.

Plasenta va kindik tizimi allaqachon faol — bolaning tanasiga kislorod va oziq moddalar yetkazib beradi.



Oziqlanish va turmush tarzing

Bola o‘sishi va rivoji — senga bog‘liq. Ovqating muhim vitamin va minerallarga boy bo‘lishi shart. Fastfud va haddan tashqari qayta ishlangan mahsulotlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Ratsionga don mahsulotlari, ko’katlar, dukkaklilar, yog’siz baliq va boshqa foydali mahsulotlar  qo‘shish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Homiladorlik davrida temir yetarli bo‘lishi juda muhim. Temirga boy mahsulotlar:

  • jigar
  • mol go‘shti
  • qovoq
  • dukkaklilar
  • lavlagi
  • quritilgan o‘rik (kuraga)
  • mayiz
  • anjir

va boshqalar
Jismoniy faollikni ham unutmang — toza havoda sayr sizga juda foydali. Agar sport bilan shug‘ullansang, shifokor bilan maslahat qil — agar jarohat xavfi bo‘lsa, u boshqa, xavfsiz mashg‘ulotlarni tavsiya qiladi.
 

Manbalar:

  1. Pregnancy week 8, American Pregnancy Association (31.05.2019)
  2. Bykovchenko I., “Zamonaviy dermatologik muammolar yechimi”, Remedium, 2014, №9, 50-53-betlar

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud