Yosh ona uchun ovqatlanish tartibi qanday bo’lishi kerak?

Etarlicha va turlixil ovqat iste'mol qilish ona sutini kerakli oziqaviy moddalar bilan ta'minlaydi.

Garchi bu ko’p kuch talab qilsa ham , yangi tug'ilgan chaqaloqning onasi tez-tez emizishi va boshqa ishlari uchun etarli vaqt va kuchga ega bo'lishi kerak .

Etarli va turli-xil oziq-ovqatlarni iste'mol qilish , sizga kerakli kuch va energiya manbasi bilan taminlaydi . Undan tashqari sutingizni muhim oziqaviy moddalar bilan ta'minlaydi.

Yosh ona uchun ovqatlanish tartibi qanday bo’lishi kerak?

Laktatsiya vaqtida vitaminlar va minerallarning tavsiya etilgan kunlik iste'moli 188%1, gacha ko'tariladi . Shuning uchun ona suti etarli va sifatli bo’lishga erishish uchun sizga ko'proq oziqaviy moddalar kerak bo'ladi. Ovqatlanish tartibingizga sabzavot va don mahsulotlarni miqdorini ko'paytirish sizning sog'lig'ingizni qo'llab-quvvatlaydi va o'sib borayotgan bolangizni to’liq oziqlanishini ta’minlanishiga yordam beradi.

Emizikli ayollarda ovqatlanish tartibi bo'yicha tavsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan:

Oziqaviy guruh Tavsiya etilgan minimal kunlik iste’mol Porsiya hajmi
Sabzavotlar Har xil turdagi va rangdagi 7,5 porsiya Standart porsiya taxminan 75 g (100-350 kDj) ni tashkil qiladi, bu quyidagilarga mos keladi:
- 1/2 stakan pishirilgan yashil yoki to'q sariq sabzavotlar, yoki
- 1/2 stakan pishirilgan loviya, no'xat yoki yasmiq, yoki
- 1 stakan xom salat sabzavotlari.
Mevalar 2 porsiya Standart porsiya taxminan 150 g (350 kDj) ni tashkil qiladi, bu quyidagilarga mos keladi:
- 1 ta o'rtacha olma yoki banan yoki
- 2 ta o'rtacha olxo'ri yoki o'rik yoki
- 1 stakan konservalangan meva (shakarsiz).
Donli (non, don, guruch, makaron mahsulotlari, jo'xori va boshqalar) 9 porsiya, afzalroq butun don/ kletchatkani yuqori miqdorda saqlovchi Standart porsiya 500 kDj ni tashkil etadi, bu quyidagilarga mos keladi:
- 1 bo’lak (40 g) non yoki
- 1/2 stakan (75-120 g) pishirilgan guruch, grechka, makaron yoki lapsha yoki
- 1/4 stakan (30 g) myusli yoki
- 3 (35 g) non.
Yog'siz go'sht va parranda go'shti, baliq, tuxum, tofu, yong'oq va urug'lar 2,5 porsiya Standart porsiya 500-600 kDj ni tashkil qiladi, bu quyidagilarga mos keladi:
- 65 g pishirilgan yog'siz qizil go'sht, masalan, mol, qo’y, qo'zichoq yoki
- 80 g jo’ja yoki kurka kabi pishirilgan parranda go'shti yoki
- 100 g pishirilgan baliq filesi yoki bitta kichik konservalangan baliq bankasi yoki
- 2 ta katta (120 g) tuxum yoki
- 170 g tofu.
Sut, yogurt, pishloq, va boshqa sut mahsulotlari 2,5 ta porsiya, asosan kam yog'li saqlovchi tarkibli Standart porsiya 500-600 kDj ga to'g'ri keladi, bu quyidagilarga teng:
1 stakan (250 ml) sut yoki
2 tilim (40 g) qattiq pishloq, masalan, chedder yoki
3/4 stakan (200 g) yogurt

Shuningdek quyidagilarni tavsiya qilamiz:

  • Texnologik qayta ishlangan mahsulotlarni va tez tayyorlanadigan ovqat (fast-food) ni kamaytirish. Pechen’e, tort, qayta ishlangan go'sht, chips, shirinliklar va gazlangan suv kabi olib ketiladigan va tayyor ovqatlarni kamdan-kam iste'mol qilish yoki umuman iste'mol qilmaslik kerak. Agar siz yengil tamadi qilib olmoqchi bo’lsangiz yogurt, bir tilim pishloq yoki meva kabi sog'lom mahsulotlarni tanlang.

Agar siz yengil tamadi qilib olmoqchi bo’lsangiz yogurt, bir tilim pishloq yoki meva kabi sog'lom mahsulotlarni tanlang.

icon_quote

 

  • Tanangizdagi suyuqlik miqdorini normada tutib turish uchun kuniga kamida 2 litr suv iching.

Bolaning rivojlanishi uchun ona suti tavsiya etilgan

Ona sutining optimal tarkibi o'sayotgan bolaning oqsillar, yog'lar, uglevodlar va vitaminlarga bo'lgan ehtiyojlarini eng yaxshi yo’l bilan qondiradi . Shu sabab bola 4-6 oygacha qo'shimcha oziq-ovqat (oziqaga qo'shimcha) kiritishga muhtoj emas. Ona suti bilan boqish ham bolaning normal rivojlanishi va immunitetini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, ona va bola o'rtasidagi aloqani mustahkamlashda muhim o’rin tutadi.

Siz iste’mol qilayotkan va ichayotgan mahsulotlaringiz bolaga ona suti bilan o’tishi mumkin

icon_quote

 

Emizish vaqtida iste’moldan chiqarib tashlash yoki cheklash kerak bo'lgan mahsulotlar va ichimliklar

Homiladorlik vaqtida menyudan chiqarib tashlangan oziq ovqat mahsulotlarining ko'pini qayta istemol qilishingiz mumkinligini bilib xursand bo'lasiz. Ammo shuni yodda tutingki, siz yegan va ichgan narsalaringiz ona suti orqali bolaga o'tishi mumkin.

  • Kofein bolangizni bezovta qilishi va siz uchun odatiy bo’lgan uyqu tartibini buzishi mumkin. Kofeinni kundalik iste'mol qilishni cheklashga yoki kamaytirishga harakat qiling.
  • Siz qabul qilayotgan dorilar sizning bolangizga zarar etkazishi mumkin. Laktatsiya davrida eng xavfsiz yechim har qanday dorilarni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishdir.

Yosh onalarni oziqaviy rasionini qo’llab quvatlash

Homiladorlikda oraganizimingizda temir va boshqa muhim vitaminlar va minerallarni miqdori pasaygan bo'lishi mumkin.

Emizikli onalar

Yangi tug'ilgan chaqaloqqa g'amxo'rlik , ko'p vaqt va kuch talab qiladi . Agar siz emizayotgan bo'lsangiz, faqat oziq-ovqatdan tushayotgan vitamin va minerallar siz va bolangiz uchun etarli bo'lmasligi mumkin. Siz ratsioningizni Elevit kabi vitamin-mineral kompleksi bilan to'ldirishingiz mumkin. Bu sizni vitaminlar, minerallar va mikroelementlar bilan ta'minlaydi, bu sizga kundalik ishlar va tashvishlarni engishga yordam beradi. Har bir tabletkada energiya uchun temir, sog'lom suyaklar uchun kaltsiy, stressni engishga yordam beradigan B guruh vitaminlari, immunitetni mustahkamlash uchun vitamin C va rux saqlaydi.

Sizga yordam beradigan boshqa maslahatlarimiz

Sog'lom ovqatlanish sizni yangi ona rolida muvaffaqiyatli bo'lishingiz uchun zarur bo'lgan oziqa moddalarini olishingizga yordam beradi. Yangi holatga tezroq ko‘nikishingiz uchun va bolangizni birinchi oylaridan zavqlanishingiz uchun maslahatlarimizni qollab ko’ring.

Manbalar

  1. Milliy sog'liqni saqlash va tibbiy tadqiqotlar kengashi. Avstraliya va Yangi Zelandiyaning oziqaviy qiymatlari va tavsiya etilgan parhez imtiyozlari, 2006.

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud