Rejalashtirish bosqichida va homiladorlik paytida tekshiruvlar rejasi

Homiladorlikni rejalashtirayotganda, muntazam shifokorlar ko'rigidan o'tish tez orada siz uchun muhim ahamiyatga ega bo'lishini bilishingiz kerak. Biroq, hoziroq topshirilishi kerak bo'lgan tahlillar ham bor.

Nimadan boshlash kerak?

O'zingizni va chaqalog'ingizni jiddiy kasalliklardan ehtiyot qilish uchun homiladorligingizni oldindan rejalashtiring. Hayot tarzingizga oldindan kiritadigan kichik o'zgarishlar bola uchun katta foyda keltirishi mumkin. Homila salomatligiga ta'sir ko'rsatadigan eng jiddiy kasalliklardan biri qizilcha hisoblanadi.

Odatda, bu infektsiyani odam bolalikda boshdan kechiradi, keyin unda mustahkam immunitet hosil bo'ladi, ammo ba'zi kattalar qizilcha bilan og'rimagan va uni havo tomchilari orqali yuqtirib olishdan himoyalanmagan. Agar siz homiladorlik paytida birinchi marta kasal bo'lib qolsangiz, tug'ilajak farzandingizda katarakta, yurak nuqsonlari, karlik va boshqa jiddiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun homiladorlik boshlanishidan oldin qonda ushbu virusga va homila uchun xavfli bo'lgan boshqa viruslarga qarshi qonda antijismlar mavjudligini tahlil qilish juda muhimdir. Qisqacha aytganda, bunday tahlil ToRCH deb nomlanadi - uchta harf lotincha asosiy viruslarning nomlarini bildiradi (toksoplazmoz (toxoplasmosis), qizilcha (rubella), sitomegalovirus infektsiyasi (cytomegalovirus) va uchuq (herpes simplex virus)). "O" harfi "boshqalar", ya'ni hamroh bo'lgan viruslarni anglatadi. Agar natijalar kasallikdan himoyalanganingizni ko'rsatsa, homilador bo'lish haqida o'ylashingiz mumkin va agar qoningizda antijismlar aniqlanmasa, emlanishingiz yoki ehtiyot choralarini ko'rishingiz, xususan, toksoplazmozning oldini olish uchun ko'rishingiz kerak bo'ladi. Agar kutilmaganda homilador bo'lib qolsangiz va qizilchadan "himoyalanmaganligingiz" haqida erta bosqichda bilib olgan bo'lsangiz, faqat shifokorning maslahatiga amal qilishingiz qoladi, chunki bu vaqtda emlanish endi mumkin bo'lmaydi.

Minimal dastur

Birinchi trimestrda siz ginekologga har oyda tashrif buyurishingiz va sog'lig'ingizni hamda bolaning ahvolini nazorat qilish uchun zarur bo'lgan ko'plab yangi tekshiruvlardan o'tishingiz kerak. Avvalo, umumiy qon va siydik tahlilini, biyokimyoviy qon tahlilini, shuningdek tanadagi muayyan mikroelementlarning miqdorini aniqlash uchun tahlil qildirishingiz kerak. Ushbu bosqichda siz Elevit multivitaminli kompleksini qabul qilishni boshlashingiz mumkin, u barcha kerakli vitaminlar va mikro elementlarning muvozanatini to'ldirishga yordam beradi. Siydik va qonning qand miqdori tahlili ham zarur-qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklar ona uchun ham, bola uchun ham xavf tug'diradi. Qandli diabetning eng tez-tez uchraydigan oqibatlaridan biri homila suvlarining ortiqcha to'planishi va natijada barvaqt tug'ish hisoblanadi. Rezus muammosini bartaraf etish uchun qon guruhingizni va rezus omilini bilib olishingiz kerak (u onada Rh- va otada Rh+ bo'lsa, kelib chiqadi).

Umuman olganda, ginekologning shaxsiy kuzatuv rejasini tuzish uchun siz terapevt, jarroh, endokrinolog, ko'z shifokori, tish shifokori va otorinolaringologda tekshiruvdan o'tishingiz, shuningdek, elektrokardiogramma (EKG) qilishingiz kerak. Yurak -qon tomir tizimining surunkali kasalliklari, yurak nuqsonlari, anemiya va arterial gipertoniya homiladorlikni sezilarli darajada murakkablashtiradi, chunki homiladorlik paytida yurakka yuk ko'p marta ortadi. Ammo ilgari yuragingizda muammolar bo'lmagan taqdirda ham, homiladorlik vaqtida bir necha marta EKG qildirishingiz kerak. Shundan so'ng siz homiladorlikning holati yetarli darajada to'liq bo'lishini kutishingiz mumkin va shifokor qiyinchiliklarni oldini olish maqsadida tashvishli alomatlarga e'tibor berishi mumkin.

Sog'lom yondashuv

Ikkinchi trimestrda ko'plab tadqiqotlar va tahlillardan so'ng hayot asta-sekin o'z iziga qaytadi. Odatda bu vaqtga kelib bosh og'rig'i, toksikoz, seruyqulik, kayfiyatning o'zgarishi o'tib ketadi. Ayol tanasi, go'yo yangi holatga moslashadi. Bir so'z bilan aytganda, bo'lajak onaning rolidan bahramand bo'lish uchun eng samarali davr hisoblanadi! Homilador ayollar uchun suzish, yoga mashg'ulotlariga yoziling va toza havoda ko'proq sayr qilishga harakat qiling, biroq ayni paytda shamollash va virusli kasalliklardan ehtiyot bo'ling- "yuqtirib olingan" kasalliklar bolada gipoksiya yoki yo'ldoshning yetishmovchiligiga sabab bo'lishi mumkin.

Homilador va emizikli ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan Elevit kompleksida immun tizimini mustahkamlovchi A, D, E va B vitaminlari mavjud. Multi-vitamin komplekslarini qabul qilish immunitetni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Masalan, homilador va emizikli ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan Elevit kompleksida immun tizimini mustahkamlovchi A, D, E va B vitaminlari mavjud. Bundan tashqari, askorbin kislotasi (C vitamini) viruslarga qarshilikni sezilarli darajada oshiradi. Mikroelementlar orasida immunitetni oshirishda kompleks tarkibiga kiruvchi rux va temir muhim ahamiyatga ega. Elevit Shveytsariyadagi ilmiy laboratoriyalarda homilador va emizikli ayollar uchun zarur bo'lgan vitamin va minerallar dozasiga aniq rioya qilingan holda ishlab chiqilgan. Bitta tabletkada 12 ta vitamin, 4 ta mineral va 3 ta mikroelement mavjud bo'lib, ular tanadagi yetishmayotgan moddalarning o'rnini to'ldirishga yordam beradi. To'g'ri ovqatlanish haqida ham unutmasligimiz kerak: ichak immunoglobulin ishlab chiqarilishi tufayli tanaga ovqat bilan zararli mikroorganizmlarning kirib kelishidan himoya qiladi, shuning uchun bu muhim davrda uning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish juda muhimdir. Masalan, achitilgan sut mahsulotlari ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Homiladorlikdan imkon qadar ko'proq zavq olishga harakat qiling va bunga faqat o'z ahvolingizga e'tibor berish yordam beradi.

Manbalar:

  1. http://www.medicalj.ru/diacrisis/d-immunology/587-analizy-na-torch-infekcii-planirovanii-beremennosti-na-rannih-srokah
  2. http://www.aif.ru/health/children/17500
  3. http://www.allwomens.ru/9470-bolezni-beremennyx-zhenshhin-opasnye-dlya-ploda.html
  4. http://medportal.ru/enc/procreation/pregnanttrable/5/
  5. http://www.zhengazeta.by/beremennost_rody/category/63/article/1592/
  6. http://www.9months.ru/zdorovieberem/925/immunitet-buduschey-mamy
  7. https://www.babyblog.ru/cb/sovety/popasnye-bolezni-pri-beremennosti-vliyanie-nanbspplodp

 

CH-20230227-54

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud