BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHA (BFQ) ILOVA-VARAQA ELEVIT®

Ikkinchi va uchinchi uch oylik Elevit® savdo belgisi (s.b.) ozuqaga biologik faol qo‘shimcha (BFQ).

Dori vositasi bo‘lib hisoblanmaydi.

Elevit® 1 - Elevit® Rejalashtirish va Birinchi uch oylik (BFQ) ozuqaga qo'shimchasi. Homiladorlikning birinchi kunidan va 2 uch oylik boshigacha qo’llash tavsiya etiladi. Folatlarning maxsus shakli - a’zolarning to'g'ri shakllanishi uchun Metafolin®, sog'lom immun tizimining shakllanishiga sinergik ta'sir ko'rsatadigan rux va C va D3 vitaminlari majmuasi va to'liq qon yaratish uchun temir saqlaydi.

Elevit® 2 - Ikkinchi va Uchinchi uch oylik s.b. Elevit® BFQ ozuqaga qo'shimchasi. Homiladorlikning 2 uch oylikdan boshlab bola tug'ilgunga qadar tavsiya etiladi. Bolaning barcha a’zolarining normal shakllanishiga yordam beradi. Organizmning barcha hujayralarining hosil bo’lishi uchun Omega-3 ning ikkita eng foydali turi - dokozageksaen va eykozapentayen kislotalarini saqlaydi.

Qo'llash qulayligi uchun barcha komponentlar 1 kapsulada mavjud.

Davlat ro’yxatnomasi haqida guvohnoma
№ RU.77.99.11.003.Е.003192.09.19 05.09.2019 y.

Chiqarilish shakli
1279,1 mg massali yumshoq jelatin kapsulalar.

Tarkibi
Jelatin, dokozageksaen kislotasi (DGK) (tozalangan baliq moyi, tokoferollar aralashmasi konsentrati antioksidlovchi, kungaboqar moyi), namlikni tutib turuvchi agent gliserin, kal'siy askorbati, magniy oksidi, eykozapentaen kislotasi (EPK), temir fumarati, tashuvchi sariq asalari mumi, nikotinamid, DL-al'fa-tokoferol asetati, rux oksidi, kal'siy D-pantotenati, piridoksin gidroxloridi, tiamin mononitrati, riboflavin, mis sul'fati monogidrati, beta-karotin, folatlar (folat kislotasi, kal'siy L-metilfolati (Metafolin®)), kaliy yodati, natriy seleniti, D-biotin, xolekal'siferol, sianokobalamin, emul'gator soya lesitini, tashuvchilar: etilsellyuloza va amorf kremniy dioksidi, bo‘yovchilar: temir (II+III) oksidi va temir (III) oksidi, o‘rtacha zanjirli trigliseridlar, mal'todekstrin, kislotalikni boshqaruvchilari: uch almashingan natriy sitrati va limon kislotasi, suv.

Mahsulot gen-modifikasiyalangan mikroorganizmlar (GMM) ni qo‘llash bilan olingan komponentlarni saqlaydi. Mahsulot GMM dan tozalangan. Mahsulot gen-modifikasiyalangan organizmlarni saqlamaydi.

Ozuqa va biologik faol moddalar Sutkalik dozadagi (1 kapsula) miqdori Ayollarning sutkalik ehtiyojini qondirish darajasi, %1  
    Homiladorlikning 1-chi yarmi Homiladorlikning 2-chi yarmi
DGK (omega-3), mg 200 29* 29*
EPK (omega-3), mg 80 13* 13*
A vitamini, mkg RE (retinolga ekvivalent) 771 86 77
B1 vitamini, mg 1,4 93 82
B2 vitamini, mg 1,4 78 70
B5 vitamini, mg 6,0 120** 100
B6 vitamini, mg 1,9 95 83
B12 vitamini, mg 2,6 87 74
C vitamini, mg 85 94 85
D vitamini, mg 5,0 50 40
E vitamini, mg TE (tokoferolga ekvivalent) 10 67 59
Niasin, mg 18 90 82

Folatlar, mkg

- Metafolin® (kal'siy L-metilfolati shaklida), mkg

- Folat kislotasiga qayta hisoblanganda, mkg

- Folat kislotasi, mkg

400

225


200


200

100 67
Biotin, mkg 30 60 60
Magniy, mkg 57 14 13
Temir, mg 29 161** 88
Mis, mg 1,0 100 91
Yod, mkg 150 100 68
Rux, mg 10 83 67
Selen, mkg 60 109** 92

 

 

 

1 MR 2.3.1.2432 -08 «RF aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqa moddalariga fiziologik ehtiyoj normalari»;

* Sanitar-epidemiologik nazoratga tegishli tovarlarga yagona sanitar-epidemiologik va gigienik talablar;
**iste'mol qilishning yuqori chegarasidan oshmaydi.

1 kapsulaning ozuqaviy qiymati: uglevodlar – 0,1 g; yog‘lar – 0,6 g; oqsillar – 0,3 g; energetik qiymati – 26,4 kDj (6,4 kkal).

Qo‘llash sohasi
Homiladorlikning 13-chi xaftasidan boshlab va homiladorlik yakunlanguncha homilador ayollar uchun ozuqaga biologik faol qo‘shimcha sifatida aholiga realizasiya qilish uchun - omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari, A, В1, В2, В5, В6, В12, С, D, Е; vitaminlari, niasin, folat kislotasi, biotin, temir, mis, yod, rux, selen, magniyning qo‘shimcha manbai sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
Homilador ayollarga – kuniga 1 kapsuladan ovqatlanish vaqtida, homiladorlikning 13-chi xaftasidan boshlab va homiladorlik yakunlanguncha buyuriladi.

Vitaminlar va minerallarning xususiyatlari
Mahsulot folat kislotasinig majmuasini saqlaydi: folat kislotasi (200 mkg) va Metafolin® (225 mkg). Homiladorlik davrida bolaning to'g'ri rivojlanishini qo'llab-quvvatlashda folat kislotasining samaradorligi yaxshi o'rganilgan.

Metafolin® fermentlar bilan qo'shimcha faollashtirishni talab qilmaydigan zamonaviy folat kislotasi formulasi hisoblanadi. Ushbu majmua bolaning yuragi va miyasinig tog’ri shakillanishini taminlaydi.
Almashtirib bo‘lmaydigan omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘z to‘r pardasi va bosh miya (odam miyasi 60% ga yog’dan tashkil etgan) xujayralarining struktur komponenti bo‘lib hisoblanadi. Omega-3 majmuasida (DGK 200 mg va EPK 80) va yod (150 mkg) bolaning miyasi va ko‘rishni to‘g‘ri rivojlanishini ta'minlaydi. Selen va yod qalqonsimon bezi faoliyatini tutib turadi. Omega-3 ni yuqori darajada tozalash mahsulot sifatini kafolatlaydi.
Selen va yod qalqonsimon bezni sog’lom funksionallashishini ta’minlaydi.
Temir bolani rivojlanishi va o‘sishini tutib turish uchun barcha zarur ozuqa moddalari bilan bolani ta'minlaydigan yo‘ldoshni shakllanishiga yordam beradi.
D vitamini mustahkam va sog‘lom suyaklarni shakllanishini ta'minlaydi.
Rux magniy bilan birga mushak va suyak to‘qimasini shakllanishi uchun qurilish elementi bo‘lib hisoblangan oqsil sintezida ishtirok etadi. C vitamini immunitetni sog‘lom rivojlanishi uchun zarur.
B vitaminlari yurak va miyaning to'g'ri shakillanishini ta’minlaydigan folat kislotasi va Metafolin® kabi komponentlar bilan sinergizmda ishlaydi.
Barcha komponentlar bitta kapsulada saqlanadi, uni kuniga atigi 1 marta ovqat bilan qabul qilish qulay.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Komponentlarni individual o‘zlashtiraolmaslik.
Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirilmasin.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Yaroqlilik muddati
2 yil.

Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Realizasiya sharoiti
Realizasiya joylari Yevroosiyo ekonomik ittifoqi davlatlari-a'zolari milliy qonunchiligi bilan aniqlanadi.

Ishlab chiqaruvchi
Berlimed S.A., Fransisko Alonso 7, Santa Roca sanoat zonasi, Alkala de Enares, 28806 Madrid, Ispaniya
Bayer Kons'yumer Ker AG, 4052 Bazel', Peter Merian Shtrasse 84, Shveysariya uchun.

Importer/ iste'molchilar tomonidan e’tirozlarni qabul qiluvchi vakolatiga ega tashkilot
«BAYER» AJ, 107113,
Rossiya, Moskva sh., Ribinskaya 3 chi ko‘ch., 18 uy, 2 qur
Tel.: +7 (495) 231-12-00,
www.bayer.ru

O‘zbekiston Respublikasi hududida ozuqaga biologik faol qo‘shimcha sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«SINOMED» 100017 Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi S-5, 155-kottedj
Tel.: +99871 244-96-00
faks: +99871 244-95-47
E-mail: info@sinomed.uz

Elevit Pronatal (Dorivor vosita) - Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud, qo‘llashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing

Elevit 1 trimestr (Biologik faol qo‘shimcha) – Dori vositasi bo`lib hisoblanmaydi.BFQ . Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar mavjud