Homilador ayollar uchun vitaminlar
Diyetologlarning fikriga ko'ra, tanani homiladorlik va tug'ishga tayyorlashning asosiy usuli-ovqatlanish ratsioniga ko'proq sabzavot, meva, baliq va sut mahsulotlarini qo'shish, fastfudlardan, sog'liqqa va faol turmush tarziga foyda keltirmaydigan ovqatlardan voz kechish hisoblanadi. Ammo har xil menyu bilan ham homiladorlik davrida ozuqaviy moddalari yetarli bo'lmasligi mumkin. Ana shunda vitaminlar yordamga keladi.
Vitaminlar nima?
Vitaminlar-tanada har bir hujayra va to'qimada biokimyoviy jarayonlarni tartibga soluvchi funksiyalarni bajaradigan va ularning ishtirokisiz biokimyoviy reaksiyalar yuzaga kelmaydigan turli tuzilishga ega bo'lgan moddalardir. Vitaminlar tanada deyarli hosil bo'lmaydi va odam ularni asosan ovqatdan oladi. Ba'zi vitaminlar tanada sintezlanishi mumkin: masalan, D vitamini ultrabinafsha nurlar ta'sirida terida hosil bo'ladi. Ideal sharoitda, inson tabiiy ravishda barcha vitaminlar va minerallarni olishi kerak, ammo bu holda uning ratsioni iste'mol qilinadigan mahsulotlarning miqdori va sifati jihatidan imkon qadar xilma-xil va yetarli bo'lishi kerak, bunga zamonaviy sharoitlarda erishishning deyarli imkoni yo'q. Bundan tashqari, ba'zi sabablarga ko'ra vitaminlarning to'liq o'zlashtirilishi buziladi yoki ularning ortiqcha iste'moli, masalan, homiladorlik va emiziklik davrda kuzatiladi. Shunda vitaminlar bilan yetarli darajada ta'minlash yanada qiyinlashadi.
Vitamin va minerallar tanqisligini vitamin-mineral preparatlar yordamida to'ldirish mumkin. Sintetik vitaminlar tarkibiga ko'ra oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo'lganlardan deyarli farq qilmaydi, bundan tashqari, ayrim hollarda ular xatto yaxshiroq o'zlashtiriladi.
Vitaminlar suvda va yog'da eriydiganlarga bo'linadi. Suvda eriydigan - C, B1, B2, B3 (PP), B6, B12, folat kislotasi, pantotenat kislota va biotin — osongina chiqariladi va tanada to'planmaydi, shuning uchun ularning dozasini oshirib yuborish xavfi deyarli yo'q. Yog'da eriydigan - A, D, E va K vitaminlar — to'qimalarda va asosan jigarda to'planishi mumkin. A va D vitaminlarini yuqori dozalarda qabul qilmaslik kerak, agar siz tarkibida ushbu moddalar mavjud bo'lgan bir nechta dori-darmonlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Qanday vitamin va minerallar kerak?
Homilador ayollar homilaning rivojlanishi uchun ham, homiladorlikni qo'llab -quvvatlash va asoratlarning oldini olish uchun ham tom ma'noda barcha vitamin va minerallarga muhtoj. Va, albatta, o'z tanasining ehtiyojlarini qondirish uchun ham. Vitaminlarni tanlash ma'lum darajada yashash joyiga, ovqatlanish xususiyatiga, ayolning sog'lig'iga bog'liq. Ammo tom ma'noda hammaga folat kislotasi, ko'p hollarda D vitamini va temir buyuriladi, ularning buyurilishi homilador ayollarni va homilador bo'lishni rejalashtirayotgan ayollarni boshqarish bo'yicha klinik tavsiyalar bilan tartibga solinadi.
Folat kislotasi
Folatlar tufayli tug'ilayotgan bolaning asab tizimi va boshqa a'zolari to'g'ri shakllanadi. Ammo bizning tanamiz bu muhim vitaminni deyarli ishlab chiqarmaydi, shuning uchun uni faqat tashqaridan, ya'ni oziq-ovqatdan olishimiz mumkin. Folatlarga ayniqsa yashil bargli sabzavotlar (sholg'omkaram, indov, ismaloq, mangold) va mol jigari boydir. B vitaminining sintetik formulasi - folat kislotasi yanada keng tarqalgan va barqarordir. Shuning uchun, homiladorlikni rejalashtirishdan kamida uch oy oldin va homiladorlikning dastlabki haftalarida kuniga kamida 0,4 mg dan folat kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi, chunki bu vaqtda tug'ilajak bolaning asab tizimi shakllanadi. Shu bilan birga, ayolning genetik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, folat kislotasi to'liq so'rilishiga kafolat yo'q, shuning uchun folat kislotasining faol shaklini qabul qilish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin, u barcha ayollarda to'liq so'riladi. Folat kislotasining bunday shakli metafolin deb ataladi. Metafolin Elevit rejalashtirish va birinchi trimestr vitamin-mineral kompleksi tarkibida mavjud. Homiladorlikning butun davrida folat kislotasini qabul qilishni davom ettirish mantiqan to'g'ri bo'ladi.
Yo`d
Yod chaqaloqning bosh miyasini shakllantirish uchun juda muhimdir. Axir, bu jarayonda miya hujayralarining qurilishi va rivojlanish ketma-ketligini belgilovchi qalqonsimon bez gormonlari ishtirok etadi. Qalqonsimon bez gormonlarini (tireoid gormonlarini) sintez qilish uchun yod kerak, homilador ayolda esa yod o'z gormonlari va chaqaloq gormonlarining sintezini ta'minlash uchun ayniqsa intensiv iste'mol qilinadi.
Temir
Temir qizil qon tanachalarida mavjud bo'lgan gemoglobin — oqsilni ishlab chiqarishga yordam beradi. U kislorodni tashiydi - uni barcha organlarga, shu jumladan homilaga yo'ldosh orqali yetkazib beradi. Homiladorlik davrida qon miqdori ko'payadi, shuning uchun bola ko'rmoqchi bo'lgan ayolga ko'proq temir kerak.
Temir tanqisligi turli darajadagi anemiyaga olib kelishi mumkin. Bu ko'p charchash, rang oqarishi, ishtahaning yo'qolishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Eng og'ir holatlarda bu bosh aylanishi, hushidan ketish, terlashning kuchayishi, yurak urishining sustlashishi, nafas qisilishi bilan birga kechadi. Temir yetishmasligi nafaqat homilador ayol uchun, balki tug'ilajak bola uchun ham noxush oqibatlarga olib keladi. Avvalo, bu miyaning rivojlanishiga ta'sir qiladi, chunki miya kislorod bilan intensiv ta'minlanishga muhtoj. Agar homiladorlik paytida onaning kamqonligi kuzatilgan bo'lsa, kelajakda bolada ta'lim olish va xatti-harakatlar bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi mumkin, u ba'zi kasalliklarga nisbatan kamroq chidamli bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun, homiladorlik paytida qondagi temir miqdorini kuzatib borish kerak.
Tana hayvon mahsulotlari: go'sht, baliq, dengiz mahsulotlari tarkibidagi temirni eng yaxshi o'zlashtiradi. Shu nuqtai nazardan, vegetarianlarning anemiyaga uchrash xavfi eng yuqori bo'ladi. Ular tarkibida temir moddasi yuqori bo'lgan vitaminlarni qabul qilishlari kerak. Elevit ® Pronatal tarkibida homilador ayollarda kamqonlikning oldini olish uchun JSST tomonidan tavsiya etilgan 60 mg temir, vitaminlar - temir sinergistlari - folat kislotasi va S vitamini bilan birgalikda mavjud.
D vitamini
Yana bir muhim vitamin - bu D vitaminidir. U kaltsiy metabolizmiga yordam beradi va tug'ilajak bolaning suyaklari va tishlarining to'g'ri shakllanishi uchun javobgardir. D vitamining yetishmasligi homilador ayollarda eklampsiya va qandli diabetga olib kelishi mumkin (ikkinchi yoki uchinchi trimesterda yuzaga keladigan asoratlar). So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, D vitaminini qabul qilish, yangi tug'ilgan chaqaloqning gestatsiya yoshidan orqada qolish xavfini sezilarli darajada kamaytirad.
Shu bilan birga, D vitamini yog'da eriydi, ya'ni u tanada to'planib, gipervitaminozga olib kelishi mumkin. Shuning uchun shifokorning tavsiyalariga qat'iy rioya qilish va tavsiya etilgan dozani oshirmaslik kerak.
D vitamini ba'zi mahsulotlarda (losos, tunets, sardina, D vitamini bilan boyitilgan sut mahsulotlarida) mavjud, ammo ularning aksariyati quyosh nurlari ta'siri ostida teri tomonidan ishlab chiqariladi. Ajablanarlisi shundaki, hatto Janubiy mamlakatlarda yashovchi ayollarda ham tez-tez D vitamini tanqisligi mavjud bo'lib turganda, yurtdoshlarimiz haqida gapirmasa ham bo'ladi!
Kaltsiy
Homiladorlik va emizish davrida kaltsiyga bo'lgan ehtiyoj 1,4 marta ortadi. To'g'ri hazm qilinishi uchun uni D3 vitamini bilan birga qabul qilish kerak.
A vitamini
A vitamini birinchi navbatda ko'rish va terining shakllanishi uchun javobgardir. Biroq, A vitaminning haddan tashqari ortiqcha dozasi xavfli bo'lishi mumkin, chunki A vitamini tanada to'planadi. Gipervitaminoz bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va ishtahaning yo'qolishi bilan kechadi. Ammo bu faqat giperdozani qabul qilishda bo'lishi mumkin — muvozanatli vitamin-mineral komplekslarda esa buning iloji yo'q.
Magniy
Birinchi va ikkinchi trimestrda, ayniqsa, zarur bo'lgan mikroelement. Magniy B6 vitamini bilan birgalikda mushaklarning bo'shashiga yordam beradi. Tanada bu elementning yetishmasligi tufayli oyoqlarnıng mushaklari tez-tez chngak bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, u asab tizimining qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi va normal uyquga yordam beradi.
Multivitaminlar
Homilador ayolni qo'llab -quvvatlashning eng yaxshi varianti vitamin va minerallarni kompleks qo'llash hisoblanadi, chunki metabolik jarayonlarda ular birgalikda ishtirok etadilar. Masalan, homilador ayol uchun zarur bo'lgan folat kislotasi o'zining himoya ta'sirini B2, B6, B12, C, PP vitaminlari bilan birgalikda amalga oshiradi, qalqonsimon bez gormonlarining optimal sintezi uchun yod selen bilan birga kelishi kerak.
Qachon va qanday vitaminlar qabul qilish kerak
Homilador bo'lishni rejalashtirganingizdan yoki homiladorligingiz haqida bilganingizdan keyin multivitaminlarni qabul qilishni boshlashingiz kerak. Buni muntazam ravishda, bir xil vaqtda, masalan, ertalab ovqatdan keyin qiling.
Homiladorlik davrida minerallar bilan vitaminlarni qabul qilishni davom ettirish kerak - shu bilan siz chaqalog'ingizning rivojlanishiga ham, sog'lig'ingizga ham yordam berasiz, tanangizni tug'ish va emizish uchun tayyorlaysiz va tug'ruqdan keyingi murakkab davrga yaxshi holatda kirasiz.
Vitaminlarni qabul qilish homiladorlikning rejalashtirish bosqichida, homiladorlik paytida va emizish paytida to'g'ri ovqatlanish zarurligini bekor qilmaydi. Shu bilan birga, sabzavot, meva, don mahsulotlari, go'sht, baliq, sut mahsulotlari, tuxum kabi turli xil oziq- ovqatlarni iste'mol qilishingiz kerak. Vitaminli preparatlar barcha kasalliklarning davosi emas, lekin ular ayolga vitamin yetishmasligining oldini olishda, ya'ni homiladorlikning ko'plab asoratlari va tug'ilajak bolani tahdidlardan himoya qilishi va hatto kelajakdagi hayoti uchun sog'lig'ini dasturlashda yordam berishi mumkin. Ammo vitamin-mineral kompleksini tanlashda to'liq mas'uliyat bilan yondashish va shifokor sizga tayinlaydigan vitaminlarni qo'llash kerak. Agar siz mustaqil ravishda kompleksni tanlashga qaror qilsangiz, u homilador ayollarga mo'ljallangan bo'lishi, a'lorog'i esa, bu muhim davrda, homiladorlikni rejalashtirishdan emizishning oxirigacha turli bosqichlarni hisobga olgan bo'lishi kerak. Elevit uchta vitamin kompleksini taklif qiladi: Elevit ® Rejalashtirish va birinchi trimester, Elevit ® Pronatal5, ular ikkinchi va uchinchi trimestrlarda ayollar uchun tavsiya etiladı va Elevit ® Oziqlantirish.
Elevit ® Rejalashtirish va birinchi trimestr4 — multivitaminli kompleks, tarkibida 100 % o'zlashtiriladigan folat kislotasining yaxshilangan shakli7 -metafolin, yod, temir va D vitamini mavjud bo'lib, homiladorlikning birinchi trimestrida homilani to'g'ri shakllanishiga yordam beradi.
Elevit ® Pronatal-bu preparat boshqalardan6 folat kislotasi, temir va D vitamini dozasining oshirilganligi bilan ajralib turadi, bu esa bolaning yurak va miya kabi muhim organlarining rivojlanishiga yordam beradi. Elevit® Pronatalni homiladorlikning 2 va 3 -trimestrida qabul qilish tavsiya etiladi5, shuningdek, homiladorlikni rejalashtirish bosqichidan boshlab murakkab anamnezli ayollar uchun ham tavsiya etiladi. Elevit ® Pronatal bo'lgusi onalarga bolaning organlarini to'g'ri rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mikroelementlarni to'ldirishga yordam beradi.
Elevit ® Oziqlantirish 4 - bu onaning tanasiga emizish vaqtida yangi vitamin va mineral kompleksi bo'lib, u bolaning eng yaxshi rivojlanishi uchun mo'ljallangan. Elevit ® Oziqlantirish ona sutini mikronutrientlar bilan boyitib, bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Elevit® Oziqlantirish formulasida Omega-3, yod va A vitamini, shu jumladan muhim vitaminlar va minerallar mavjud.
Manbalar
- AQSh ma'lumotlariga ko'ra. Department of Health & Human Services. https://ods.od.nih.gov/factsheets/Folate-HealthProfessional/
- Goetzl L. M. Folic acid supplementation in pregnancy. (https://www.uptodate.com/contents/folic-acid-supplementation-in-pregnancy, murojaat sanasi 07.10.2018).
- Bi W. G., Nuyt A. M., Weiler H., Leduc L., Santamaria C., Wei S. Q. Association Between Vitamin D Supplementation During Pregnancy and Offspring Growth, Morbidity, and Mortality: A Systematic Review and Meta-analysis // JAMA Pediatrics. 2018 Jul 1. 172 (7). P. 635–645 // https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed?term=29813153.
- Dori vositasi emas. BFQ. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud Folat kislotasi bo'yicha hisoblaganda.
- Elevit vitamin-mineral komplekslari qatorida taxminiy foydalanish muddati. Ko'rsatmalarga ko'ra, Elevit Pronatal homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, homiladorlik davrida, tug'ruqdan keyingi va emizish davrida qo'llanilishi mumkin.
- DSM Group ma'lumotlariga asoslanib, 2017 yil avgust holatiga ko'ra, Elevit Pronatal tarkibida temir va D vitamini bilan birgalikda 400 mkg dan ortiq bo'lgan folat kislotasi dozasi mavjud bo'lib, bunday xususiyatlarga homilador ayollar uchun vitaminlar bozorining 75% (DP va BFQ) ega emas.
- Folat kislotadan farqli o'laroq, u oldindan faollashtirishni talab qilmaydi, shuning uchun u ferment faolligini pasaytiradigan va folat kislotasining so'rilishiga to'sqinlik qiladigan MTHFR genining polimorfizmlariga bog'liq emas.
- Hyppönen E. Preventing vitamin D deficiency in pregnancy: importance for the mother and child. Ann Nutr Metab. 2011;59(1):28-31.
CH-20230227-54